Ўзбекистон тарихи

Abdulazizxon madrasasi
Buxorodagi me’moriy yodgorlik XVII asrda  Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan qurilgan.

Abu Hafs Kabir Buxoriy yodgorligi
IX asrda qurilgan. Abu Hafs Kabir hanafiy mazhabi olimlaridan biri. Allomaning xizmatlari sababli Buxoroi sharif “Qubbatul islom” (Islomning gumbazi) unvonini olgan.   

Bahouddin  Naqishband majmuasi
Buxoro viloyati Kogon tumani Qasri Orifon qishlog’ida joylashgan. XIV-XVI asrda qurilgan. Masjid, madrasa, hovuz, minora, quduqdan iborat ziyoratgoh majmuasi.

Baland masjid
Buxoro shahrida   XVI asrda bunyod  etilgan.   Masjid- harsang toshlar ustiga qurilgan.  Uni qurishda mumtoz davr meʼmorchiligining noyob va nafis usulidan keng foydalanilgan.

Bolohovuz masjidi
Bolohovuz gumbazli masjidi  XVIII asrda (1712  yilda ) qurilgan.

Sayfiddin Boharziy obidasi
Buxoroda  XIII- XIV asrlarda qurilgan. Mo`g`ul  bosqinchilari orasida islom dinini targ`ib qilgan allomalardan.

Bayonqulixon yodgorligi
Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi noyob namunasi bo’lib,  XIV asr oʻrtasida qurilgan. Mo`g`ullarning Chig`atoy ulusi xoni Bayonqulixon ziyoratgohi  Amir Temur davri meʼmorchiligining  ilk namunalaridan hisoblanadi.

Buxoro namozgohi
Buxorodagi me’moriy yodgorlik-Nomozgoh. Qoraxoniylar sulolasining yozgi qarorgohi o‘rnida XII asrda (1119-yilda)   barpo etilgan.

Chоr Bаkr me’moriy majmuasi
Chor Bakr  majmuasi  XVI asrda qurilgan.  Xonaqoh, masjid, madrasa va katta bogʻdan iboratdir.

Chor minor
Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik bo`lib 1807 yilda qurilgan.  Chor minor  qurilgan masjid, madrasa,  xujralar bilan oʻralgan hovlidan iborat.

Fayzobod xonaqohi
Buxoroda  taxminan 1598-99-yillar qurilgan.  Fayzobod xonaqohi ochiq ravoqli galereya shaklida qurilganligi bilan ajralib turadi.

Govkushon majmuasi
Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik bo’lib,  XVI asrda barpo etilgan.Bu majmua madrasa, masjid, minora, hovuz va saroydan iborat .

Mir Arab madrasasi
Madrasa- XVI asrda(1530-1536)   qurilgan. Madrasa 114 hujradan iborat. Bu Buyuk ilm dargohi hozirgi kunga qadar faoliyat ko`rsatmoqda.

Ismoil Somoniy maqbarasi
IX asrda qurilgan. Buxorodagi ko’hna memoriy yodgorlik . Musulmon amiri Ismoil Somoniy sharafiga qurilgan dastlabki maqbara.  Sharqning me`moriy durdonasi deb ataladi va   1997-yil Yunesko ro`yxatiga olingan

Koʻkaldosh madrasasi
Buxoro xonining vaziri Qulbobo Koʻkaldosh XVI asrda (1568-1569-yillarda ) qurdirgan.

Labihovuz ansambli
XVII asrda barpo etilgan  Hovuz va uning gʻarbida Nodir Devonbegi xonaqohi, sharqida Nodir Devonbegi madrasasi, shimolida Koʻkaldosh madrasasi va Ernazar elchi madrasasi qad koʻtargan.

Masjidi Kalon
Buxoroda XII-XVI asrga oid  jome` masjid. 1997-yil Yunesko tashkilotining butun jahon yodgorliklar ro`yxatiga kiritilgan.

Nodir devonbegi madrasasi
Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri Nodir devonbegi tomonidan XVII asrda (1622-1623-yillarda)  qurilgan.   Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona bor.

Sitorai mohi xosa
Sitorai mohi xosa - Buxorodagi mangʻitlar sulolasining  uch avlodiga mansub saroy - bogʻ.  Buxoro amirlarining qarorgohi.

Ulug`bek madrasasi
Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida  XIV asrda  Mirzo  Ulug`bek tomonidan qurilgan madrasa.

Xoʻja Zayniddin majmuasi
XVI asrning 1-yarmida Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Bino masjidga moʻljallab qurilgan, unimng hujralari ham bor.

Yettti pir yodgorlik majmuasi
Buxoro viloyatida joylashgan  XII-XIV asrlarda yashab o`tgan buyuk tasavvuf ulamolari sharafiga qurilgan yetti yodgorlik ziyoratgohlari.

Buxoro Arki
Buxorodagi shaharning qadimiy qal`asi dastlab miloddan avvalgi I asrda qurilgan. Hozirgi qiyofasi asosan shayboniylar davrida XVI asrda shakllangan.

Shaxrisabz
Oqsaroy saroyi-  bayramona hukumat binosi – rezidentsiyaning namunasi . Saroyning qurilishi 1380 yilda boshlangan,1404 yilda tamomlangan. Temuriylar barpo etgan barcha inshootar orasida eng antiqasidir.

Dorut-Tilovat
Ziyoratgoh XIV-XV asrlarga Shaxrisabzda bunyod etilgan. Shamsiddin Kulol maqbarasi hamda Ko’k-Gumbaz jome’ masjididan iborat.

Gumbazi Sayidon
Shaxrisabzda  Mirzo Ulug’bek tomonidan XV asrda qurilgan ziyoratgoh.

Dorus-Saodat  ansambli uch qismidan iborat: Hazrati Imom masjidi Amir Temurning katta o`g`li Jahongir Mirzoning qabri va Amir Temur o`zi uchun qurdirgan dafngohdan iborat.

Termiz

Al-Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi
Termiz shahrining yaqinida Amudaryo bo‘yida joylashgan. IX-XV asrlarga mansub ziyoratgoh. Alloma IX asrda yashagan mashhur mutasavvif olim.

Abu Iso at-Termiziy yodgorligi
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi XI-XII asrlarga oid ziyoratgoh. Abu Iso Termiziy (rahmatullo alayhi) mashhur muhaddis, Sunanini Termiziy,  ash-Shamoyili an-Nabaiyya kabi asarlar muallifi.

Jarqo’rg’on minorasi
O’rta Osiyodagi qirrali yagona minora.  U O’rta asrlardagi  memor Ali ibn Muhammad Sarahsiy tomonidan XII asrda (1109 yilda)  qurilgan.

Sulton Saodat majmui
Termizdagi payg`ambarimiz avlodlari-sayidlarning hilxonasi.  Ziyoratgoh X-XVII asrlarga oid. Termizning sharqida joylashgan bo`lib, VII asr davomida shakllangan.

UZBEKISTAN WEATHER